Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filialda «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘ldi

Xabaringiz bor, Prezidentimizning mamlakatimiz yoshlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora, tashkilotlar va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘lishi belgilangan edi.

Shu asosda bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri Elmurat Tursunov va filial direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Baxram Utemuratov ishtirokida «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri Elmurat Tursunov va filial direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Bahrom Utemuratov bugungi kunda bevosita Prezidentimiz rahbarligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati, yoshlarning har tomonlama barkamol insonlar bo‘lib yetishishi uchun olib borilayotgan islohotlar, ularning ta’lim olishi, doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash yo‘nalishida qilinayotgan chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng talabalarning fikr va takliflarini tingladi.

Filial Matbuot xizmati.