Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Markaziy bank mutaxassislari talabalar bilan uchrashdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy banki mutaxassislari ishtirokida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda bank mutaxassislari tomonidan talabalarga naqd pulsiz savdo qilishning ahamiyati, zamonaviy bank xizmatlari, mobil ilovalar orqali xizmat ko‘rsatish tizimi, banklarning mobil ilovalarga o‘tish sabablari va uning mijozlar uchun ahamiyati haqida tushunchalar berib o‘tildi.

Talabalar bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollariga bank mutaxassislaridan javoblar oldi.

 

Filial Matbuot xizmati.