Begench sovrinli 2-o‘rinni egalladi

Toshkent shahrida «Talabalar ligasi» sport musobaqalarining shaxmat sport turi bo‘yicha Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tgan edi.
Musobaqada Toshkent shahri va hududlardan kelgan jami 28 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari qatorida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari ham ishtirok etdi.
Qizg‘in bellashuvlarga boy tarzda o‘tgan musobaqa yakunida filialning 4-kurs talabasi Begench To‘rayev faxrli 2-o‘rinni egalladi.
Filial Matbuot xizmati.