Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Shoir filialda mehmon bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida shoir, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Bazarbay Atamuratov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda filialda mehmon bo‘lgan shoir talaba-yoshlarga o‘zining hayot yo‘li, ijodi haqida keng to‘xtalib o‘tdi hamda badiiy adabiyotning insonni tarbiyalashdagi ahamiyati, estetik didni boyitishdagi ahamiyati haqida so‘zlab, badiiy asarlaridan o‘qib berdi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, shoir bilan yaqindan suhbatlashdi.

Kecha so‘ngida shoir filial kutubxonasiga mualliflik kitoblaridan sovg‘a qildi.

Filial Matbuot xizmati.