Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial direktori talabalarga «Mustaqillik darsi»ni o‘tdi

Bugun, 7 sentyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida yangi 2026/2027 o‘quv yili «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak quraylik!» shiori asosida «Mustaqillik saboqlari» bilan boshlandi.

Filial direktori, professor B.Erimbetov talabalarga «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak quraylik!» shiori asosida «Mustaqillik darsi»ni o‘tdi.

Unda filial direktori O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan keyingi yillarda barcha sohalarda, shu jumladan oliy ta’lim tizimida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, amalga oshirilgan islohotlar va yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar haqida keng ma’lumotlar berib o‘tdi.

Dars davomida yoshlarni vatanimiz taqdiri va kelajagiga befarq bo‘lmagan, yuksak ma’naviyatli shaxslar etib voyaga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanligini alohida ta’kidladi.

Filial Matbuot kotibi.