Janubiy Koreyaning Xanso universiteti vakili bilan kelgusida hamkorlik qilishga kelishib olindi

Janubiy Koreyaning Xanso universiteti (Hanseo Universiti) vakili XOUJIK (Woo Jick Heo) bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor B.Erimbetov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida uchrashdi.

Uchrashuvda ta’lim va ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Koreya Respublikasining oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlik, shuningdek, sport ta’limini rivojlantirish va Koreya Respublikasining ilg‘or tajribalarini joriy etish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida tomonlar ta’lim, fan, laboratoriya faoliyati va sport yo‘nalishlarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, xalqaro tajriba almashishni kuchaytirish va kelgusida aniq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Filial Matbuot xizmati.