Filialda «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor B.Erimbetov bilan filial talabalari o‘rtasida «Direktor va yoshlar» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda filial direktori, professor B.Erimbetov yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati va uning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, filialda talabalar ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, talabalarning erishayotgan yutuqlari, hozirgi vaqtda qilinayotgan ishlar va kelajakda qilinishi rejalashtirilayotgan rejalar haqida ma’lumotlar berdi.

Tadbir davomida filial direktori B.Erimbetov har doim talabalarning yaxshi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini, ta’limni sifatli davom ettirishini va ijtimoiy yordamga muhtoj talabalarga yordam berib borishini ta’kidladi.

Filial talabalari bilan yanada yaqin bo‘lish, ularning muammolarini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan ochiq suhbat davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga filial direktoridan javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.