Sport vaziri o‘rinbosari filialga rasmiy tashrif bilan keldi

O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirining o‘rinbosari Maxmudov Shaxrillo Sharipovich xizmat safari bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialiga keldi.

Unda vazir o‘rinbosari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i F.Turdiyev bilan hamkorlikda filial direktori B.Erimbetov, direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari va kafedra mudirlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda filialda mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha filial direktorining ma’ruzasi tinglandi. So‘ngra filial faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va sport sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida filial faoliyati samaradorligini yanada oshirish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.
Filial Matbuot xizmati.