Psixologik trening o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ruhiy holatini barqarorlashtirish va psixologik salomatligini mustahkamlash maqsadida filial psixologi tomonidan psixologik trening tashkil etildi.
Trening davomida ishtirokchilar o‘zaro munosabatlarni sog‘lom yo‘lga qo‘yish, ichki to‘siqni yengib o‘tish, jamoa ichida o‘z fikrini erkin va dadil ifoda etish kabi ko‘nikmalarni turli amaliy mashqlar orqali sinovdan o‘tkazdi.
Shuningdek, trening davomida talabalar o‘zaro interaktiv topshiriqlarni bajardi.
Filial Matbuot xizmati.