Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Ijara uylaridagi talabalarning ahvolidan xabar olinmoqda

 

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali tyutorlari ijara shartnomasi asosida ijara uylarida yashayotgan talabalarning holatlarini o‘rganmoqda.

 

O‘rganishlar davomida tyutorlar ijara uylardagi talabalarga uy egalari bilan yaxshi munosabatda bo‘lish kerakligi, o‘qishlariga o‘z vaqtida borishlari, o‘quv muassasasining ichki tartib-qoidalariga qat’iy rioya qilishlari, ayniqsa, kunlarning sovutish va isitish moslamalariga ehtiyoj ortgan vaqtlarida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishlari kerakligi haqida targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

Ijara shartnomasi asosida ijara uylarida yashayotgan talabalarning ahvolidan xabar olish davom etmoqda.

Filial Matbuot xizmati.