Diqqat tanlov

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalar o‘rtasida mahorat va estetik go‘zallikni namoyon etuvchi xattotlik (husnixat) bo‘yicha tanlov e’lon qiladi!
O‘z yozuvchilik san’atingiz va ijodiy mahoratingizni namoyon etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Tanlov bo‘lib o‘tadigan joy va vaqt:
Filial axborot resurs markazi.2026-yil 22-oktyabr soat 15:00.
Tanlov shartlari:
Chiroyli ko‘chirish, berilgan hikmatli so‘z va iboralarni kalligrafiya qoidalariga amal qilgan holda qog‘ozga tushirish, qog‘ozning tozaligi, harflar o‘lchami va uslubiy go‘zalligi baholanadi.
Filial matbuot xizmati.