Talaba-qizlar o‘zaro fikr almashdi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi U.Kallialayeva rahbarligida «Bilimli qizlar – bilimli oila» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda filial psixologi A.Alliyarova, Axborot-resurs markazi rahbari K.To‘reshova va Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi U.Kallilayeva ishtirok etib, talaba-qizlarga bilimli, ma’rifatli va erkin fikrlaydigan qizlarning jamiyat rivoji hamda kelajakda mustahkam va farovon oila qurishdagi o‘rni haqida ma’lumot berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashdi.

Filial matbuot xizmati.