Ğoliblar diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi

Özbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyuşmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi birlaşgan qömitasi bilan hamkorlikda Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali professor-öqituvçilari va xodimlari örtasida 11-oktyabr – «Özbekiston kasaba uyuşmalari kuni» munosabati bilan «Soğlom tanda soğlom aql – totuv jamiyat – samarali mehnat va yuqori natijalar» şiori ostida ötkazilgan sport musobaqalari öz yakuniga yetdi.

Musobaqa yakunida ğolib jamoa a’zolariga Özbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyuşmasi Qoraqalpoğiston Respublikasi birlaşgan qömitasi raisi J.Ayapov va filial kasaba uyuşmasi raisi S.Saparniyazovlar tomonidan Diplom va esdalik sovğalari topşirildi.

Bunday sport musobaqalarining filial professor-öqituvçilari va xodimlari örtasida ötkazilişi, ular örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qilişda, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam şuğullanişni ommalaştirişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Filial matbuot xizmati.