Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

18-noyabr – Özbekiston Respublikasining Davlat bayroği qabul qilingan kun

Bugun Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganligining 35 yilligi munosabati bilan Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida tadbir bölib ötdi.

Bayram tadbiri Özbekiston va Qoraqalpoğiston Respublikalarining Davlat madhiyalari bilan boşlandi.

Tadbirni Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça direktorning birinçi örinbosari Gulmurat Xöjametov kiriş sözi bilan oçib berdi va yiğilganlarni qutluğ sana – Davlat bayroği qabul qilingan kun bilan tabrikladi. U öz nutqida bayroğimizning milliy ğurur va istiqlol ramzi sifatida tutgan örniga, uning har bir yurtdoşimiz qalbidagi ahamiyatiga töxtalib ötdi.

Yiğilişda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi Xöjaboy Kabulov davlat bayroğining yaratiliş tarixi, undagi belgilar, ranglarning ma’nosi haqida tuşunçalar berdi.

Ta’kidlanişiça, Davlat bayroğimiz xalqimizning asriy orzu-intilişlari, mehnatsevarligi, mehmondöstligi va ezgu maqsadlarini özida mujassam etgan muqaddas timsoldir. Bugungi kunda u yurtimizdagi barça davlat idoralari, ta’lim muassasalari, xalqaro taşkilotlar va sport musobaqalarida ğurur bilan hilpirab, yurtimiz şa’ni, xalqimiz ğururini ifoda etib kelmoqda.

Tadbir filial talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Filial matbuot xizmati.