“Oliy ta’lim muassasalarida xotin-qizlar masalalari bo’yicha boshlang’ich tashkilotlar ishlarining tajriybasini o’rganish va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy tashabbuskorligini oshirish” bo’yicha Qizlar forumi bo’lib o’tdi
Joriy yilning 9-noyabr kuni Qoraqalpoq davlat universiteti Madaniyat saroyida “Oliy ta’lim muassasalarida xotin-qizlar masalalari bo’yicha boshlang’ich tashkilotlar ishlarining tajriybasini o’rganish va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy tashabbuskorligini oshirish” bo’yicha Qizlar forumi bo’lib o’tdi. Forumda O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali sportchi talaba qizlari Z.Baymuratova va Z.Daybekovalar o’zlarining sporttagi va boshqada yutuqlari bilan ishtirok qilishdi hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi tomonidan faxriy diplom bilan taqdirlanishdi. Bundan avval filial birinchi kurs talabasi sportning qilichbozlik turi bo’yicha xalqaro toifadagi sport ustasi Zaynab Daybekova “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti uchun o’tkazilgan tanlovning Nukus shahar bosqichida g’olib bo’lib Qoraqalpog’iston Respublikasi bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritgan edi.
M. Ramazanov
ÓzDJTSU Nukus filial «Orol» sport klubi boshlig’i