Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Shumanay tumani ochiq birinchiligini tashkil qilindi

Joriy yilning 6-noyabr kuni O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali “Orol” sport klubi tomonidan “Jismoniy tarbiya va sportni keng targ’ib qilish orqali zararli odatlarga qarshi immunitetni shakllantirish” nomli grant loyihasi doirasida Qoraqalpog’iston Respublikasi Shumanay tumani Markaziy stadionida sportning yengil atletika turi bo’yicha bolalar va o’smirlar, yoshlat va kattalar o’rtasida Shumanay tumani ochiq birinchiligini tashkil qildi. Musobaqada havaskor sportchi yoshlar va katta yoshdagi mahalla turg’inlari 1000 metr, 4×100 metrga estafeta yo’nalishlarida bellashishdi. Musobaqa yakunida g’oliblar sport klubi tomonidan diplom va estalik sovg’alar bilan tag’dirlanishdi.

M. Ramazanov

ÓzDJTSU Nukus filial «Orol» sport klubi boshlig’i