Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

ABITURIYENTLAR TEST SINOVLARIGA BOSH KIYIM BILAN KELISHLARI MUMKIN

Ma’lumki, 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari yurtimizdagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, ochiq stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

 Test sinovlari kuniga ikki smenada:

1 – smena 07:00 dan 10:00 ga qadar;

2 – smena 19:00 dan 22:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ochiq maydonlarda o‘tkazilishini inobatga olgan holda abituriyentlar test sinovlariga bosh kiyim (kepka, panama) bilan kelishlari mumkin.

Manba: my.dtm.uz.