Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Filial faoliyati kompleks o’rganilmoqta

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 13-noyabrdagi «O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialini tashkil etish to’ǵrisida»gi 924-sonli, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi «Oliy talim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to’ǵrisida»gi 467-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini taminlash, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali o’quv-tarbiyabiy jarayoni sifatini oshirish, ijro intizomini taminlash, filialning reyting ko’rsatkichlari borasida olib borayotgan ishlar samaradorligini yanada yaxshilash hamda o’quv-metodik yordam ko’rsatish maqsadida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti O’quv ishlari bo’yicha prorektor I.Axmedov, Talim sifatini nazorat qilish bo’limi boshliǵi Y.Aripov, O’quv-uslubiy boshqarma boshliǵi E.Raxmanov va Kurash fakulteti dekan o’rinbosari M.Qirǵizboyevlar O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida xizmat safarida bo’ldi.

Safar davomida ular filialning ichki imkoniyatlari, auditoriyalar, o’quv xonalari, sport zallari bilan yaqindan tanishdi va o’zlari bilan olib kelgan kitoblarini filialning kutubxonasiga sovǵa etdi.

Filial Matbuot xizmati.