Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

OTMlar talabalari ishlab, daromad topishlari uchun qo’shimcha imkoniyatlar yaratish mavzusida Prezident raisligida videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi

Hozirgi kunda mamlakatimiz oliygohlarida 510 ming nafar talaba kunduzgi shaklda o’qimoqda (jami 820 ming nafar).

Davlatimiz rahbarining topshirig’iga muvofiq rektorlar, talabalar o’rtasida suhbat va so’rovnomalar o’tkazildi.

Talabalarning 100 ming nafarga yaqini ishlash va qo’shimcha daromad topish niyati borligini bildirgan.

Ayniqsa, ular orasida 7,5 ming chin etim yoki nogironligi bo’lgan hamda 4,5 ming nafar “daftarlar”ga kiritilgan talabalar bor.

“Bu raqamlar haqiqatda ancha yuqori. Shuning uchun rektorlar har bir talaba bilan o’zlari muloqot qilib, haqiqiy holatni bilish va ularni band qilishga shaxsan mas’ul”, dedi davlatimiz rahbari.

Shu bilan birga, hozirgi kunda talabalar ishlashi mumkin bo’lgan 105 mingta vakant ish o’rinlari mavjud.

Filial Matbuot xizmati.