Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Uch tomonlama hamkorlik asosida yil yakunigacha 10 ming nafar talabaning bandligi ta’minlanadi

Yig’ilishda davlat grantlari hisobidan amalga oshiriladigan ilmiy loyihalarga 2022 yilda kamida 3 ming nafar talabani jalb qilish lozimligi ko’rsatib o’tildi.

Shu maqsadda oliygohlardagi ilmiy loyiha guruhlari tarkibining kamida 40 foizini talabalar hisobidan shakllantirishga topshiriq berildi.

Viloyat va shaharlar hokimlari, rektorlar oliygohlar va xususiy sektor o’rtasida hamkorlikni tizimli yo’lga qo’ysa, 30 ming nafar talabani ish bilan band qilish mumkinligi ta’kidlandi.

Bunda, viloyat hokimlari ish beruvchilar bilan hamkorlikda vakansiya va amaliyot yarmarkalari, talabalar uchun biznes uchrashuvlar tashkil etishi lozim.

Shu bois, viloyat hokimlari, rektorlarga 1 apreldan boshlab har bir oliygohda mehnat yarmarkalarini o’tkazish topshirildi.

Viloyat hokimlari oliygohlar bilan yirik kompaniya, klaster va boshqa korxonalar o’rtasida hamkorlik tizimini yaratib, yil yakuniga qadar 10 ming nafar talabaning bandligini ta’minlash choralarini ko’rishi kerak.

Filial Matbuot xizmati.