Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

O‘zbekistonda Atletlar komissiyasi tuzildi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida Atletlar komissiyasi tashkil etildi. Uning tarkibi shakllantirildi.

Kuni kecha Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov, sportchi va murabbiylar ishtirokida mazkur komissiyaning tuzilishiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda sportchilarning faolligini oshirish, ularning o‘z ovoziga ega bo‘lishlarini ta’minlash hamda manfaatlarini himoya qilishda mazkur komissiyaning ahamiyati beqiyosligi ta’kidlandi. 

Yig‘ilish davomida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi talablari asosida tegishli sport federatsiyalari tomonidan tavsiya etilgan 12 nafar sportchi orasidan ovoz berish yo‘li bilan Atletlar komissiyasi a’zolari, uning rahbar organi saralab olindi. 

Yopiq ovoz berish tarzida o‘tgan saylash jarayonida Oksana Chusovitina (sport gimnastikasi), Rishod Sobirov (dzyudo), Dmitriy Shokin (taekvondo), Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash), Zaynab Dayibekova (qilichbozlik), Svetlana Radzivil (yengil atletika) va Komiljon To‘xtayev (tog‘ chang‘isi) mazkur komissiya a’zoligiga saylanishdi. 

Komissiyaga rahbar va o‘rinbosarlar tarkibi shakllantirildi. Unga ko‘ra, Dmitriy Shokin komissiya raisi, Oksana Chusovitina hamda Bekzod Abdurahmonov uning o‘rinbosarlari sifatida tanishtirildi. 

O‘zA