Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Xush xabar

 

      Shu kunlarda Tailandning Pattaya shahrida sportning Badiiy gimnastika turi bо’yicha bо’lib о’tayotgan qita chempionatida О’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali badiiy gimnastika yо’nalishi talabalari Shaxzoda Ibragimova (2-kurs) va Nargiza Djumaniyazovalar (1-kurs) О’zbekiston terma jamoasi tarkibida jamoaviy musobaqada ishtirok etib, jamoaviy baqslarda Osiyo chempioni bо’ldi va oltin medalni qо’lga kiritdi.

Eslatib о’tamiz, Tailandning Pattaya shahrida davom etayotgan qita chempionatida 15 mamlakatdan sportchilar ishtirok etmoqda.

Talabalarimizdan yakkalik bahslarda ham muvafaqqiyotli natijalar kutib qolamiz.

Osiyo chempionati davom etmoqda.

Filial Matbuot xizmati.