Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Professional boks: Saul Alvares Golovkinni mag‘lub etdi

AQSHning Las-Vegas shahridagi “T-Mobile” arenasida millionlab boks ixlosmandlari orziqib kutgan professional boks kechasi poyoniga yetdi.

Kechaning markaziy jangi qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin va meksikalik Saul Alvares qarama-qarshiligida bo‘lib o‘tdi.  

Jang 12 raund davom etdi. Unda Saul Alvares ochkolar hisobida (116:112, 115:113, 115:113) Golovkinni mag‘lub etdi hamda o‘ziga tegishli bo‘lgan super o‘rta vazndagi WBA, WBC, WBO va IBF kamarlarini saqlab qoldi.

Mazkur boks kechasida bir qator uchrashuvlar ham o‘tkazildiki, o‘zbekistonlik boks ixlosmandlari diqqat markazida bo‘lgan bahslardan biri qozog‘istonlik Ali Ahmedov va bir paytlari kutilmaganda hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyevni mag‘lub etgan Gabriel Rosado o‘rtasida kechdi.

Bu safar Rosadoning omadi chopmadi. Ali Ahmedov ochkolar hisobida ustun keldi.

Shuningdek, ushbu boks turniri davomida WBC kamari uchun cuper yengil vaznda Jessi Rodriges Israel Gonsalesni, WBA International kamari uchun o‘rta vaznda Ostin Uillyams Kiron Konveyni ochkolar hisobida mag‘lubyatga uchratdi.

Filial Matbuot xizmati