Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

“Universitet sporti: millat salomatligi va farovonligi”: XI Xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi

  Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Rossiya Federatsiyasi, Moldaviya, Belorussiya, Ozarbayjon, Turkiya, Ruminiya kabi xorijiy davlatlarning ishtirokida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida jismoniy madaniyat, sport sohasida ilmiy-tadqiqot yangiliklarini xalqaro darajaga ko‘tarish hamda o‘zaro tajriba almashish maqsadida “Universitet sporti: millatning salomatligi va farovonligi” mavzusida talabalar va yosh olimlarning XI Xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi.

   Xorijiy davlatlardan 40 nafarga yaqin chet el oliy o‘quv yurtlari rektorlari, prorektorlari, yosh olimlari, talabalari va 100 nafardan ortiq mahalliy yosh olimlari, mutaxassislari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot institutlari ilmiy xodim-izlanuvchilari, magistrantlari  hamda talabalari ishtirok etgan anjumanga filialning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Aytımbetov, stajyor o‘qituvchi A.Primbetov va doktorant I.Mambetnazarovlar  ham ishtirok etishdi va chet el oliy o‘quv yurtlari rektorlari, prorektorlari bilan shartnomalar tuzish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

Filial Matbuot xizmati