Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Mo‘g‘uliston dzyudo federatsiyasi rahbari Toshkentda

Ayni kunlarda dunyo dzyudosevarlarining nigohi Toshkentda o‘tayotgan jahon chempionatiga qaratilgan.

Shu munosabat bilan yurtimizda bir qator xalqaro sport tashkilotlarining rahbarlari mehmon bo‘lib turibdi. Jumladan, Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizer, Yaponiya Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbari Yasuxiro Yamashita kabi martabali mehmonlar chempionat bahslarini bevosita kuzatishmoqda. 

Bugun, 7 oktyabr kuni tarixiy jahon chempionatini kuzatish uchun Mo‘g‘ulistonning sobiq prezidenti, mamlakat dzyudo federatsiyasi rahbari Xaltmagiyn Toshkentga keldi. 

Martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, MOQ raisi o‘rinbosari Sherzod Tashmatov kutib oldi. 

Shuningdek, jahon chempionati tadbirlarida qatnashish uchun Butunjahon taekvondo federatsiyasi rahbari Chung Von Choi, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi sport direktori Kit Makkonel kabi xalqaro sport olamidagi e’tiborli shaxslar ham poytaxtimizga yetib kelishi kutilmoqda. 

O‘zA