Logo
O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali

Aviakompaniyalar qishki ta’til uchun talabalarga 50% chegirma e’lon qiladi

    Uzbekistan Airways uyidan uzoqda bo’lgan, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalarga qishki ta’tilni oilasi bilan o‘tkazish imkoniyatini taqdim etadi. Aviakompaniya faqat talabalar uchun 22-dekabrdan 10-yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun 50% chegirma e’lon qiladi.  

   Buning uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki hududingizdagi aeroport aviakassasiga kelib, talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-kartani taqdim etish kifoya. Endi siz kerakli manzilga chegirmali aviachipta xarid qilishingiz mumkin.  

   Qishki ta’tilingizni va Yangi yilni oilangiz va do‘stlaringiz bilan o’tkazing.

Filial Matbuot xizmati