Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabaga qulaylik

Yangi 2023-2024-o’quv yilida talabalarga qulaylik yaratish va ularga ko’mak berish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talabalarni ijara xonadonlariga joylashtirish bo‘yicha “Ijara xonadonlari bo‘yicha maʼlumotlar markazi” o‘z faoliyatini boshladi. Markazda talabalar va ularning ota-onalari uchun filial xodimlari va filialning faol yoshlaridan tuzilgan volontyorlar guruhi kerakli ma’lumotlarni berishmoqda. Ijara xonadonlariga joylashmoqchi bo’lgan talabalar ma’lumotlar markaziga murojaat qilishlari mumkin. Bugungi kunda markaz tomonidan filial atrofida joylashgan mahallalardan 22 ta ijara xonadonlari bo‘yicha maʼlumotlar bazasi shakllantirilgan.
 
Filial Matbuot kotibi.