Xalqaro universitetlar sport festivalidan xushxabar!
Rossiyaning Yekaterinburg shahrida 16-31 avgust kunlari 36 davlat sportchilari ishtirokida Xalqaro universitetlar sport festivali bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur festivalda BRIKS, MDH va SHHTga aʼzo davlatlar bilan bir qatorda O‘zbekiston talaba-sportchilari ham ishtirok etmoqda.
O‘zbekiston talaba-sportchilari safidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabasi Ibadullaeva Liliya ham o’rin olgan.
Quvonarlisi ushbu musobaqada filialimiz talabasi jamoaviy bellashuvlarda 3 o‘rini egallab bronza medaliga sazovar bo’ldi.
Bellashuvlar davom etmoqda…
Filial Matbuot kotibi.



