Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

«Aral» sport klubi

“Aral” sport klubi
«Aral» sport klubi raisi o’rinbosari
Razaxov Kopbergen Dauletbayevich
Telefon: +998 91 378 41 77
E-mail:

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali “Aral” sport klubi 2019-yilda tashkil etilgan.

Sport klubi “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga  muvofiq yuridik shaxs sifatida tashkil etildi.

Sport klubining maqsadi va asosiy vazifalari:

  • Sport klubining maqsadi davlat ta’lim muassasalarining o‘quvchilari, talabalari, pedagog va boshqa xodimlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, o‘quvchilar va talabalarning ta’lim olishdan tashqari sport ta’limi tizimini yanada takomillashtirish orqali iste’dodli yoshlarni saralab olishdan iborat.

Sport klubining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib qilish, ularning muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida sport turlari bo‘yicha jamoalar tashkil etish, ular o‘rtasida turli sport musobaqalari va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarini, xususan “maktab ligasi”, “talabalar ligasi” tashkil etish orqali iste’dodli yosh sportchilarni aniqlash;
  • oliy ta’lim muassasalarida — iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalar hamda respublika oliy sport mahorati maktablari sport zaxirasini shakllantirish, shuningdek sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sport turlari bo‘yicha haftasiga kamida 6 soatdan sport to‘garaklari mashg‘ulotlarini tashkil etish;
  • jismoniy tarbiya va sport jarayoniga mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun malakali trenerlar va mutaxassislarni jalb etish, shuningdek, ilg‘or tajribani joriy qilish.

Sport klubining huquq va majburiyatlari:

Sport klubi quyidagi huquqlarga ega:

  • o‘z a’zolari va qatnashchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
  • sport klubi tuzilgan hududda jismoniy tarbiya va sport masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga takliflar kiritish;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;
  • o‘z faoliyati to‘g‘risida axborot tarqatish;
  • o‘z muassisining Nizomida belgilangan maqsadlariga mos keladigan doiralarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish;
  • o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan yig‘ilishlar o‘tkazish;
  • belgilangan tartibda pullik sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatish.
  • Sport klubi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Sport klubi quyidagilarga majbur:

  • qonun hujjatlari va ta’sis hujjatlariga rioya etish;
  • o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanish, shu jumladan, moliyalashtirish manbalari to‘g‘risidagi axborot bilan klub a’zolarining tanishishi erkinligini ta’minlash;
  • ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan tadbirlar o‘tkazishni kelishib olish va uning vakiliga o‘tkazilayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berish;
  • sport klubi vakillarining chet mamlakatlarga sport klubining faoliyati bilan bog‘liq tashriflari uyushtirilishi haqida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organni o‘z vaqtida xabardor qilish.
  • Sport klubiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.