Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Erimbetov Bayrambay Karlibaevich

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori

Pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori, professor

Erimbetov Bayrambay Qarlibayeviç 1984-yili Çimboy tumanida tuğilgan. Pedagogika fanlari doktori, professor.

Bayrambay Qarlibayeviç Erimbetov – jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ilmiy va amaliy işlarni faol tarğibot qiluvçi, tajribali olim va pedagog. U 2005 yilda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida bakalavr darajasini, 2007 yilda esa Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida magistratura ta’lim yönalişini tamomlagan va şu yildan boşlab mehnat faoliyati davomida turli lavozimlarda samarali faoliyat olib bormoqda.

B.Erimbetov öz ilmiy izlanişlarini kuraş sportiga bağişlab, 2019-yilda «Malakali kuraşçilarning musobaqa va maşğulot jarayonini pedagogik nazorat qilişning nazariy-metodologik asoslarini takomillaştiriş» mavzusidagi PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. 2025 yilda esa DSc (fan doktori) ilmiy darajasini qölga kiritdi. Uning doktorlik işi «Kuraşçilarning köp yillik tayyorgarligida pedagogik nazoratning nazariy-metodologik asoslari» mavzusiga bağişlangan.

Ilmiy faoliyati davomida Erimbetov 100 dan ortiq ilmiy va uslubiy işlar muallifi sifatida tanilgan. Ular orasida 3 ta monografiya, 6 ta darslik, 3 ta öquv qöllanma, 5 ta uslubiy qöllanma va 80 dan ortiq ilmiy maqolalar mavjud. Uning maqolalaridan 20 tasi Germaniya, Rossiya va boşqa davlatlarning nufuzli, impakt-faktorga ega jurnallarida çop etilgan. 2021 yilda dotsent, 2023 yilda esa professor unvonlarini oldi. Bayrambay Erimbetov ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaşda faol iştirok etmoqda. Uning rahbarligida 3 nafar mustaqil tadqiqotçi PhD dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Erimbetov 2007-2019 yillar davomida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasida assistent sifatida işlagan. 2019-2023 yillarda Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi mudiri. 2023 yildan buyon Özbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori lavozimida işlab kelmoqda.