QUTLOV!

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali «Jismoniy tarbiya nazariyasi, gumanitar va tabiiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi Nurmedov Nurmuxammed Axmed o‘g‘li!
Sizning ilm yo‘lidagi tinimsiz mehnatlaringizni yuksak qadrlayman.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasining 2025-yil 31-oktyabr kungi 376/1-sonli bayoni bilan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi tasdiqlanishi bilan filial mehnat jamoasi va shaxsan o‘z nomimdan samimiy tabriklayman!
Oilalaringizga omonlik, sihat-salomatlik, ilmiy-pedagogik faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.
Hurmat bilan,
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya
va sport universiteti Nukus filiali
direktori, professor: B.Erimbetov.