Filialda Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan bayram kechasi bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasining «Davlat tili to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinganiga 36 yil to‘lishi munosabati bilan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Sharafing baland bo‘lsin ona tilim» mavzusida bayram kechasi bo‘lib o‘tdi.

Bayram kechasini filial direktori, professor B.Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi va qoraqalpoq tilining hayotimizda tutgan o‘rniga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Bundan so‘ng so‘zga chiqqan ma’ruzachilar ona tilining muloqot quroli bo‘lishi bilan birga, necha asrlar davomida o‘zining qadr-qimmatini yo‘qotmay, biz avlodlargacha yetib kelgan bebaho xazina ekanligiga. Har bir xalqning o‘ziga xos xususiyatini, har bir mamlakatning taraqqiyot bosqichlari va kelajagini belgilashda ona tilining tutgan o‘rni alohida ta’kidlandi.

So‘ng sportning futbol turi bo‘yicha o‘tkazilgan Direktor kubogida g‘olib bo‘lgan jamoa a’zolariga kubok, Diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bayram tadbiri filial talabalari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan davom etdi.

Filial Matbuot xizmati.