Rektor talabalar bilan uchrashdi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov xizmat safarining ikkinchi kunini filial direktori Bayrambay Erimbetov bilan birgalikda payshanba Yoshlar kuni munosabati bilan talabalar bilan uchrashuvdan boshladi.

«Rektor va yoshlar» uchrashuvi yoshlarni ilm-fanga yo‘naltirish, sportga keng jalb etish, ularning qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Uchrashuv davomida universitet rektori mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sport infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi islohotlar, yosh sportchilarni xalqaro sport musobaqalariga tayyorlash, xorijiy davlatlarning oliy o‘quv yurtlari bilan akademik mobillik almashinuvi, magistraturada o‘qitish va har bir bitiruvchining doimiy ish o‘rinlari bilan bandligini ta’minlash yo‘nalishida qilinayotgan ishlar haqida talaba-yoshlarga keng ma’lumot berib o‘tdi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga rektordan javoblar oldi.
Filial Matbuot xizmati.