Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi

#Qonunchilik_yangiliklari

Hukumat qarori (674-son, 04.11.2021-y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, bakalavriat va magistratura talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi alohida tasdiqlandi.

Prezident stipendiyasi har bir OTM bakalavriat talabalarining 1 nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi.

Boshqa davlat stipendiyalari oxirgi ikki kursda oʻqiyotgan talabalarga toʻlanadi.

Stipendiyalar uchun nomzodlarni koʻrsatish OTM kengashlari tomonidan talabgorlarning oʻquv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.

OTM kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar “stipendiya.edu.uz” tizimiga har yili 1-15-avgust kunlari kiritiladi.

Stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni berish 10-30-sentabr kunlari koʻrib chiqiladi.

Stipendiyalar 1-sentabrdan tayinlanadi.

Manba;Edu.uz

Filial Baspasóz xızmeti.