Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Talabalar ikki toifaga ajratiladi

#Bilasizmi?

Talabalar ikki toifaga ajratiladi

1-toifadagi – faqat baho olish uchun o‘qiydigan talaba;

2-toifadagi – bahoga ahamiyat bermagan holda faqat bilim olish istagida yurgan talaba.

1-toifadagi – darsga faqat davomat uchun (bu ma’muriy talab bo‘lganligi uchun) keladigan talaba;

2-toifadagi – har bir kun yangi bilim va ko‘nikmalar olib keladi, bir kunni yo‘qotish kelajak uchun katta zarar, deb fikrlaydigan talaba.

1-toifadagi – uy vazifalari va o‘quv materiallari nihoyatda qiyin va ko‘p deb, doimo shikoyat qiladigan talaba;

2-toifadagi – qiyin bo‘lgan o‘quv materiallari va uy vazifalarini bajarishdan zavqlanadigan, “qancha ko‘p o‘qisam, shuncha o‘zim uchun foydali” degan dunyoqarashga ega talaba.

1-toifadagi – mashg‘ulotlar vaqtida muallimga kundalik, katta ahamiyatga ega bo‘lmagan texnik, gohida butun auditoriyani chalg‘ituvchi savollar berishni afzal ko‘radigan talaba. Bunday savollarga olingan javoblarni odatda talaba sanoqli lahzalardan keyin unutib yuboradi.

2-toifadagi – muallimga intellektual, chuqur o‘ylangan, fundamental, konseptual savollar berib, ularga berilgan javoblar ustidan o‘ylanib, tahlil qiladigan talaba.

1-toifadagi – liderlik yoki tadbirkorlik haqida ko’proq o’rganishni xohlaydigan talaba;

2-toifadagi – liderlik yoki tadbirkorlikni o‘zlarining shaxsiy amaliyotida sinab ko’rishni xohlaydigan talaba.

Siz o‘zingizni qaysi toifaga mansub deb o‘ylaysiz?

Manba: Edu.uz.

Filial Matbuot xizmati.