DIQQAT! MUHIM!!!

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan soʻnggi kunlarda yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati kamayayotganligi yuzasidan qaror qabul qilindi.

(https://t.me/ssvmatbuotkotibi/7893. Unga koʻra, 2022-yil 7-fevraldan boshlab oliy va professional taʼlim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayoni anʼanaviy shaklga oʻtkaziladi.

Bunda, barcha taʼlim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi.

Avia va temiryoʻl chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022-yil 7-fevralga qadar avia va temiryoʻl chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi.

Hech bir talaba va oʻquvchi chiptasiz qolmaydi!

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan boʻlib, 3-fevraldan barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi 71-230-64-64 Call-center va 10-06 ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Manba: Eduuz