O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida monitoring ishlari olib borilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12 sentyabrdagi 3-sonli Bayonida belgilangan vazifalarni ijrosini taminlash maqsadida vazirlikdan biriktirilgan ishchi gurux a‘zolari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida yoshlarga oid davlat siyosati, ma’naviy-marifiy, tarbiyaviy va sport sog’lomlashtirish, har tomonlama barkamol shaxsni voyaga yetkazish bo’yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi tanqidiy-tahliliy o’rganish ishlari olib borilmoqda.

Ishchi gurux a‘zolari talabalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish va ta’lim-tarbiya jarayoniga mas’ul xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘rganishlarning asosiy maqsadi-yoshlarning bilim olishi, ma’naviy yetukligi va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashda filialda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.

Bu jarayon natijalari kelgusida ta’lim sifatini yuksaltirish va yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Filial Matbuot xizmati.