Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida monitoring ishlari olib borilmoqda

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 12 sentyabrdagi 3-sonli Bayonida belgilangan vazifalarni ijrosini taminlash maqsadida vazirlikdan biriktirilgan ishchi gurux a‘zolari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida yoshlarga oid  davlat siyosati, ma’naviy-marifiy, tarbiyaviy va sport sog’lomlashtirish, har tomonlama barkamol shaxsni voyaga yetkazish bo’yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi tanqidiy-tahliliy o’rganish ishlari olib borilmoqda.

Ishchi gurux a‘zolari talabalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish va ta’lim-tarbiya jarayoniga mas’ul xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘rganishlarning asosiy maqsadi-yoshlarning bilim olishi, ma’naviy yetukligi va sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlashda filialda olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirishdan iborat.

Bu jarayon natijalari kelgusida ta’lim sifatini yuksaltirish va yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Filial Matbuot xizmati.