Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabalariga “Mustaqillik darslari» bo’lib o’tmoqda

 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida 2024-2025-o’quv yilida o’qishga tavsiya  etilgan talabalarga “Najot—ta’limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda” shiori ostida “Mustaqillik darslari»  bo’lib o’tmoqda.

 Tashkil etilgan “Mustaqillik darslari»da “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari”, “Uchinchi Renessans”, “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”, “Yangi O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tushunchalarining mazmun-mohiyati, shu bilan bir qatorda, o‘tgan 33 yillik Vatanimiz tarixi davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi, tarixiy natijalar, mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar va yangilanishlarga batafsil toʻxtalib oʻtildi.

 “Mustaqillik darslari» da filial professor – o‘qituvchilari talabalarga mustaqillikning ulug’ ne’mat ekanligi, uning mohiyati haqida atroflicha soʻz yuritildi.

 So’nggi yillarda mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilgan keng ko’lamli islohotlar va yangilanishlarga batafsil toʻxtalib oʻtildi.

 Shu bilan bir qatorda, 1-kurs talabalari filialning ichki imkoniyatlari bilan tanishtirildi.

Filial matbuot xizmati.