Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish oyligi doirasida oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi

Talabalarni o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida sport musobaqalariga qamrab olish, intellektual o‘yinlarga jalb etish hamda ko‘ngilochar madaniy tadbirlar bilan ularning bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli va mazmunli o‘tkazish O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Yoshlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish» oyligi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.

Musobaqani filial direktori, professor B.Erimbetov kirish so‘zi bilan ochib berdi va barcha musobaqa ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Oliy o‘quv yurtidan eng kuchli shaxmatchilar to‘plangan musobaqa o‘zaro qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tdi.

Musobaqa yakunida ayollar o‘rtasida;
1-o‘rin O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabasi To‘rayeva Ayna,
2-o‘rin O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabasi Orazmuhammedova Go‘zal,
3-o‘rinni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi Artiqboyeva Yulduz egalladi.

O‘g‘il bolalar o‘rtasida;
1-o‘rin O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabasi Umirbayev Mirzaqmet,
2-o‘rin O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabasi To‘rayev Begench,
3-o‘rinni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali Madetov Davron egalladi.

G‘oliblarga filial direktori, professor B.Erimbetov filial tomonidan tayyorlangan Diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Filial Matbuot xizmati.