Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial talabalari o‘rtasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida talabalar va tyutorlar ishtirokida «Kiber jinoyatchilik va kiber xavfsizlik» mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni filial direktori, professor B.Erimbetov ochib berdi va olib bordi.

Unda talabalarga bugungi kunda bank kartalari bilan bog‘liq avj olayotgan jinoyatlar, kiberjinoyatchilikning oldini olish, internetdagi yolg‘on xabarlar, havolalardan ehtiyot bo‘lish kerakligi haqida va ularning qonunda belgilangan javobgarliklari haqida profilaktika inspektori, kapitan R.Ismaylov tomonidan ma’lumotlar berildi.

Talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi va tadbir yakunida ishtirokchilarga bu borada tayyorlangan videorolik namoyish etildi.

Filial Matbuot xizmati.