Filialda «Qoraqalpoq adabiyotining qo‘sh bayteragi 96 yoshda» mavzusida adabiy kecha bo‘ldi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov va O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenovlarning tavallud kunlari arafasida «Qoraqalpoq adabiyotining qo‘sh bayteragi 96 yoshda» mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Adabiy kechada xalqimizga taniqli yozuvchi-shoirlar va jurnalistlar, filial professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdi.

Kechani Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Atabek Menglimuratov kirish so‘zi bilan ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini tashrif buyurgan mehmonlar bilan tanishtirdi.

So‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov hamda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenovlar bilan birga ishlagan davrlarini yodga oldi. Ularning qoraqalpoq adabiyotiga qo‘shgan hissasi, hayoti va ijodi haqida keng tarzda so‘zlab berdi.

Talabalar O‘zbekiston Qahramonlarining qalamiga mansub asar va she’rlaridan parchalar o‘qib berdi.

Tadbir qoraqalpoq san’atkorlari, Esjon baxshi nomidagi 1-sonli san’at va musiqa maktabi hamda Nukus shahar 1-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari, filial talabalari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.

Adabiy kechaning ko‘tarinki va uyushqoqlik ruhida o‘tishida salmoqli hissa qo‘shganlar filial rahbariyati tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.



Filial Matbuot xizmati.