Shrift o‘lchami

Ko‘rinish

O'ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI NUKUS FILIALI
O'ZBEKISTON DAVLAT
JISMONIY TARBIYA VA SPORT
UNIVERSITETI NUKUS FILIALI

Filial mehnat jamoasi korrupsiyaga qarshi

Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali direktori, professor B.Erimbetov rahbarligida direktor o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarni oldini olish va unga qarshi targ‘ibot ishlarini kuchaytirishga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan yig‘ilishda filial direktori dastlab Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan korrupsiya illatini tag-tomiri bilan yo‘q qilish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlarga to‘xtaldi. So‘ng filialda har bir xodimni bu illatdan yiroq bo‘lishga chaqirdi.

Shuningdek, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish uchun targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirish kerakligini alohida ta’kidladi.

Filial Matbuot xizmati.