Xitoyda faxrli o‘rinni egallagan talabani filial direktori qabul qildi

Xitoyning Sian shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy Xalq Respublikasi oliy o‘quv yurtlari talabalaridan tuzilgan o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tgan edi.
Musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabasi Talgat Kuandikov ham ishtirok etib, o‘yin yakunida 2-o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan sertifikat, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Bugun Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy Xalq Respublikasi oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida sportning stol tennisi turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 2-o‘rinni egallagan talabani filial direktori, professor B.Erimbetov qabul qildi va musobaqada erishgan natijasi bilan samimiy tabrikladi.
O‘rta Osiyo davlatlari va Xitoy Xalq Respublikasi oliy o‘quv yurtlari talabalari orasidan eng kuchli sportchilarni jamlagan musobaqada 2-o‘rinni egallagan talabamizni filial mehnat jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz va kelgusi xalqaro sport musobaqalarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Filial Matbuot xizmati.