Ishtirokchilar erkin kurash sport turi bo‘yicha tushunchaga ega bo‘ldi

Talabalarning yozgi ta’til kunlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida «Muhim 90 kun» doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali tomonidan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Bugun shu asosda «Yakkakurash va tabiiy fanlar» kafedrasi o‘qituvchisi A.Alimbetova «Erkin kurashning O‘zbekistonda rivojlanishi va Olimpiya o‘yinlarida erishgan natijalari» mavzusida mahorat darsini o‘tkazdi.

Unda ishtirokchilarga sportning erkin kurash turining O‘zbekistonda rivojlanishi, Olimpiya o‘yinlarida erishgan natijalari va bu sport turi bilan shug‘ullanayotgan sportchilar, ularning xalqaro sport maydonlarida erishgan yutuqlari haqida ma’lumotlar berildi.

Filial Matbuot xizmati.