Sport musobaqalari ishtirokchilarda yaxshi taassurotlar qoldirmoqda

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali tomonidan «Muhim 90 kunlik» doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi bayrami arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi umumta’lim maktablari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va maktab o‘quvchilari o‘rtasida ikki kun davomida sportning stol tennisi, voleybol va ko‘pkurash turidan o‘tkazilayotgan musobaqaning ikkinchi kunida musobaqa ishtirokchilari Xo‘jayli tumani hududida joylashgan Mizdaxqan arxeologik kompleksiga sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida ishtirokchilar Mizdaxqon arxeologik majmuasi tarixiy yodgorligi bilan yaqindan tanishtirildi. Ular ushbu arxeologik majmua haqida keng tasavvurga ega bo‘ldilar va o‘zlari uchun yodgorlik suratlariga tushdilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorligida tashkil etilayotgan musobaqa ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirmoqda.


Filial Matbuot xizmati.