Talabalar «Xorijda ish» mehnat yarmarkasida ishtirok etdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Xususiy bandlik agentliklari uyushmasi hamkorligida Nukus shahrida xorijda va mahalliy mehnat bozorida ishlash niyatida bo‘lgan fuqarolar uchun «Xorijda ish» mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali talabalari, tyutorlar va professor-o‘qituvchilar ham ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar bevosita ish beruvchilar bilan suhbatlashish, ish vaqti, mehnat shartlari, uy-joy va sug‘urta imkoniyatlari kabi savollariga ham javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, viza olish tartibi, migratsiya qonunlari va mehnat migratsiyasi bo‘yicha huquqiy maslahatlar oldi.

Filial Matbuot xizmati.