Filialda «Tozalik oyligi» doirasida obodonlashtirish tadbirlari boshlandi

Xabaringiz bor, shu yilning 14-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida 15-oktyabr sanasidan boshlab yurtimiz bo‘ylab «Tozalik oyligi» boshlanishi belgilangan edi.

Oylik doirasida «2025-yil – Atrof-muhitni muhofaza qilish va «yashil iqtisodiyot» yili» davlat dasturi asosida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali jamoasi talaba-yoshlari bilan hamkorlikda obodonlashtirish tadbirlarini boshlab yubordi.

Tadbir doirasida filial atrofi daraxtlar barglari va qurigan o‘tlardan tozalanib, hududlarni obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Filial Matbuot xizmati.