Talabalar ichki ishlar muzeyiga bordi

Talabalarning bo‘sh vaqtlarini maroqli va mazmunli o‘tkazish. Ularda ona Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini uyg‘otish. Ichki ishlar vazirligida ishlagan soha fidoyilarining hayoti bilan yaqindan tanishtirish maqsadida filial talabalari tyutori N.Artikbayeva va profilaktika inspektori, kapitan R.Ismaylov boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tarix muzeyiga sayohatga bordi.

U yerda talabalar muzey zalidan o‘rin olgan eksponantlarni tomosha qilib, bu sohada qanday shaxslar ishlaganligi, ish yuzasidan kiygan kiyimlari, qurol-yarog‘lari, erishgan yutuqlari, ularning xizmat yuzasidan olgan davlat unvoni, medal va ordenlarini tomosha qildi.

Talabalar muzey eksponatlarini tomosha qilib o‘zlarida yaxshi taassurotlar olishdi.

Filial Matbuot xizmati.