Filialda adabiy uchrashuv o‘tkazildi

Talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularni kitob mutolaasiga keng jalb etish maqsadida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida «Kitob – bilim manbai» shiori asosida yozuvchi bilan adabiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni filial direktorining yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi o‘rinbosari G‘.Xo‘jametov ochib berdi va talaba-yoshlarni adabiy kechaga tashrif buyurgan mehmon bilan tanishtirib o‘tdi.

So‘ng Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq yozuvchisi, «Do‘stlik» ordeni sohibi, filologiya fanlari nomzodi, «Antik dunyo» xalqaro akademiyasi akademigi, «Oltin qalam» mukofoti sohibi Allanazar Abdiyev so‘zga chiqib talaba-yoshlarga insonning ma’naviy dunyosining boy bo‘lishida tutgan o‘rni, o‘zining qalamidan yaratgan asarlari, uning yaratilish tarixi haqida ma’lumotlar berdi. Shuningdek, har bir tadbir ishtirokchisini kitob bilan do‘st bo‘lishga va kitob o‘qishga chaqirdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq yozuvchisining hayoti va ijodi bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

Filial Matbuot xizmati.